Ushbu siyosat «MXIK Hisob» dasturi va uning litsenziya xizmati qanday ma'lumotni to'plashi va ishlatishini tushuntiradi. Biz eng kam ma'lumot tamoyiliga amal qilamiz.
Litsenziyani tekshirish uchun serverimiz faqat quyidagini oladi:
| Ma'lumot | Nima uchun |
|---|---|
| Kompyuter kodi (qurilma identifikatorining bir tomonlama xeshi, XXXX-XXXX ko'rinishida) | Litsenziyani shu kompyuterga bog'lash |
| Ulanish sanasi/vaqti | Sinov muddatini hisoblash, obuna holatini tekshirish |
Biz yig'MAYDIGAN narsalar: ismingiz, telefoningiz, manzilingiz, buxgalteriya ma'lumotlaringiz, tovarlar, summalar, fakturalar — bularning hech biri serverga yuborilmaydi.
Dastur qayta ishlaydigan barcha hisobot ma'lumoti (tovarlar, kirim-chiqim, summalar) faqat sizning kompyuteringizda, dastur papkasidagi fayllarda saqlanadi. Bu ma'lumot bizning yoki uchinchi tomon serverlariga umuman yuborilmaydi.
Dastur sizning o'z E-IMZO kalitingiz bilan davlat soliq portaliga (my.soliq.uz) kirib, sizga tegishli fakturalarni yuklab oladi. Bu ma'lumot portaldan to'g'ridan-to'g'ri sizning kompyuteringizga tushadi — bizning serverimizdan o'tmaydi. E-IMZO parolingiz faqat E-IMZO ilovasining o'z oynasiga kiritiladi; dastur uni ko'rmaydi va saqlamaydi.
Kompyuter kodi va ulanish vaqtlari faqat quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: litsenziyani faollashtirish va tekshirish, sinov muddatini hisoblash, dasturni ruxsatsiz nusxalashdan himoya qilish. Boshqa maqsadda ishlatilmaydi.
Ma'lumotlaringiz uchinchi tomonlarga sotilmaydi, ijaraga berilmaydi va ulashilmaydi. Marketing yoki reklama maqsadida ishlatilmaydi.
Kompyuter kodi va holat litsenziya amal qilib turgan davrda saqlanadi. So'rovingizga binoan ma'lumotingizni o'chirib beramiz (pastdagi aloqa orqali).
Litsenziya tokenlari kriptografik imzo (Ed25519) bilan himoyalangan; maxfiy kalit serverda, cheklangan huquqda saqlanadi. Ma'lumotlar alohida, izolyatsiyalangan muhitda yuritiladi.
Siz o'zingiz haqingizdagi ma'lumotni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rashingiz mumkin. Buning uchun quyidagi aloqa kanallariga murojaat qiling.
Ushbu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Amal qilish sanasi yuqorida ko'rsatilgan.